16 Avgust 2021 yil 424

Fargʻona viloyatida 2 nafar qochoq qoʻlga olindi

15-avgust kuni Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan M.I.ni Fargʻona shahri hududida qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Qoʻshtepa tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan U.N.ni Margʻilon shahri hududida qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!


Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech