14 Iyun 2023 yil 74

Fargʻona viloyati IIB rahbariyati Xalqaro donorlar kuni munosabati bilan viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasining tashakkurnomasiga sazovor boʻldi

Qon inson hayotining asosiy manbai hisoblanadi. Zarur hollarda bemor kishiga qon berib, unga chinakam yangi hayot bahshida etadigan kishilar esa tibbiyot tilida donor deyiladi. Shu bois 14-iyun sanasi Xalqaro donorlar kuni sifatida keng nishonlab kelinadi.

Fargʻona viloyat qon quyish markazida ushbu sana munosabati bilan tantanali tadbir oʻtkazildi. Tadbirda tibbiyot xodimlari, huquqni muhofa qiluvchi organlar va turli soha vakillari, donorlik aksiyalarida faol ishtirok etayotgan fidoyi insonlar ishtirok etdilar.

Quvonarlisi shundaki, viloyat ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi, jumladan, yoʻl-putrul xizmati, patrul-post xizmati hamda tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlari viloyat qon quyish markazi bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan begʻaraz donorlik aksiyalarida faol ishtirok etib kelishmoqda.

Shu bois tantanali tadbirga viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati ham taklif etilib, sogʻliqni saqlash boshqarmasining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Davlat rahbarining 2022-yil 9-avgust kunidagi “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish va aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish choralari toʻgʻrisida”gi qarori asosida tashkil etilayotgan ushbu hayriya tadbirlari bemorlarni sogʻlom hayotga qatayrishda muhim omil boʻlmoqda.

Tadbirda soʻz olganlar donorlik aksiyalarida muntazam ishtirok etib, hayot uchun qon berayotgan fidoyi insonlr hamda ichki ishlar organlari xodimlariga samimiy minnatdorchilik bildirdilar.

Fargʻona viloyati IIB Axborotxizmati

Text to speech