FARGʻONA VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI ICHKI ISHLAR ORGANLARI XIZMATIGA NOMZODLAR TANLOVINI ELON QILADI
Fargʻona viloyati Ichki ishlar organlari tarkibida profilaktika inspektori lavozimlariga ishga kirish istagini bildirgan yoshi oʻttiz yoshdan katta boʻlmagan, Respublika oliy ta’lim muassasalarini tamomlab, oliy ma’lumotli pedаgog mutaxassisligi boʻlgan, hozirgi kunda ish stajiga ega boʻlgan, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sogʻligʻining holati va jismoniy tayyorgarligi boʻyicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan, nomzodning boʻyi 165 sm.dan past boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi harbiy xizmatni oʻtagan yoki oliy oʻquv yurtlarida harbiy tayyorgarlikni oʻtgan (zaxiradagi ofitser), Fargʻona viloyati hududida doimiy roʻyxatda turuvchi fuqarolar tanlov asosida ishga qabul qiladi.
Ishga kirish istagini bildirgan fuqarolar 2023-yil 25-yanvar kunidan 2023-yil 1-fevral kunigacha soat 09-00dan 17-00ga qadar Fargʻona viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mas’ul xodimlariga murojaat qilishlari mumkinligi ma’lum qilinadi.
Qabul va tanlov shartlari boʻyicha toʻliq ma’lumotlarni viloyat IIBning "Fargʻona IIB" https://t.me/fviib_uz telegram kanalidan olishingiz mumkin.
Eslatma: Nomzodlar oʻzlari bilan “biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID -kartasi” (nusxasi bilan), “harbiy guvohnomasi”, Diplomlarini hamda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyhatga olingan joyidan belgilangan namunadagi sogʻligʻining holati haqida ma’lumotnoma (boʻyining balandligi boʻyicha antropometrik parametri koʻrsatilgan holda) olib kelishlari talab etiladi!
Manzil: Fargʻona shahar, Alisher Navoiy koʻchasi 13-uy. Ma’lumot uchun telefon: (73) 244-15-56
FARGʻONA VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI MANAVIY-MARIFIY ISHLAR VA KADRLAR BILAN TAMINLASH XIZMATI