20 Sentyabr 2021 yil
467
Fargʻona va Quvasoy shahrida qidiruvda yurgan shaxslar qoʻlga tushdi
19-sentabr kuni viloyat IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB xuzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan S.B.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Quvasoy shahar IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan A.R.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati