Fargʻona tumanida talonchilik sodir qilgan shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Fargʻona tumani. 2023-yil 19-yanvar kuni O.T va N.B.lar bir guruh boʻlgan holda Z.Sh Xoʻroba mahalla MFY hududidagi dala yoʻliga olib borishib, tanasining turli joylariga qoʻllari bilan urishib yonida boʻlgan jami 800 AQSH dollari pullarini talonchilik yoʻli bilan ochiqdan-ochiq talon-taroj qilishib, hodisa joyidan yashirinishgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a.b” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati