Fargʻona tumanida devorga yashirilgan “zahri qotil” aniqlandi
Fargʻona tumani. 11-sentabr kuni Fargʻona tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Ulugʻbek MFY hududida yashovchi A.K.ning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda, qurilishi tugallanmagan bino devori orasida “marixuana” giyohvandlik vositasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati