30 Yanvar 2023 yil 375

Fargʻona tumanida “Damas” rusumli avtomashina salonidan magnitafon va ovoz kuchaytirgichlarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona tumani. Oqbilol mahalla hududida yashovchi N.R ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 27-oktabr kunidan 2023-yilning 21-yanvar kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida qarovsiz qoldirilgan “Damas” rusumli avtomashinasi salonidan narxi 1.500.000 soʻmlik “Pioner” rusumli magnitafoni va 2 dona ovoz kuchaytirgichlarini yashirin ravishda oʻgʻirilab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan A.O sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech