29 Aprel 2022 yil 461

Fargʻona tumanida aldovga uchragan fuqaro IIBga murojaat qildi

Fargʻona tumani.2022-yilning 11-mart kuni R.B IIBga murojaat qilib, unda noma’lum shaxs telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali ishonchiga kirib, tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasidan jami 600.000 soʻm pullarni yechib olganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni voyaga yetmagan A.Ya sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech