Fargʻona shahrida yonida giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi
Fargʻona shahar. 2023-yilning 07-iyun kuni shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Mustaqillik koʻchasida piyoda harakatlanib ketayotgan B.D shubxali koʻringani uchun toʻxtatilib, yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, “Gashish” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati