24 Sentyabr 2022 yil 498

Fargʻona shahrida voyaga yetmagan shaxs boshqaruvidagi avtomashinadan giyohvandlik moddasi topildi

Fargʻona shahar.13-sentabr kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Ismoilova koʻchasida harakatlanib kelayotgan 2005-y.t. voyaga yetmagan B.R.ni “Спарк” rusumli avtomashinasi toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, salonida kelgusida oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda giyohvandlik moddasiga oʻxshash moddani saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech