31 Yanvar 2023 yil 405

Fargʻona shahrida taqiqlangan giyohvandlik vositalarini sotgan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar. 2023 yil 25 yanvar kuni Fargʻona shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, U.M Fargʻona koʻchasidagi koʻp qavatli uylarning biridagi xonadonda “Gashish” giyohvandlik moddasini 300.000 soʻm evaziga sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʼmol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech