7 Dekabr 2021 yil 444

Fargʻona shahrida tadbirkorlikni bahona qilib, fuqaroni pullarini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

 

2-dekabr kuni S.Sh. IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning oktyabr oyida nomaʼlum shaxs ishonchiga kirib, boshlangʻich toʻlov sifatida 3.000 AQSH dollar miqdorida pul bersa moʻmay daromad topishi, tadbirkorlik qilishini yolgʻondan aytib, 3.000 AQSH dollar pullarini olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan pullarni qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech