22 Avgust 2022 yil 260

Fargʻona shahrida skuterni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar.A.Qodiriy koʻchasida yashovchi fuqaro S.A IIBga murojaat qilib, unda 09-avgust kunidan 10-avgust kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadonida boʻlgan narxi 4.000.000 soʻmlik skuterini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni fuqaro D.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech