2 Avgust 2023 yil 438

Fargʻona shahrida savdo doʻkondan telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar. A.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 10-iyul kuni noma’lum shaxs A.Navoiy koʻchasida joylashgan savdo doʻkoniga quvvatlash uchun qoʻygan narxi 3.000.000 soʻmlik “Samsung A-32” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.Sh. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech