Fargʻona shahrida qarovsiz qolgan telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi
Fargʻona shahar. F.A IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 20-iyul kuni noma’lum shaxs A.Yassaviy koʻchasida joylashgan “Atletik” nomli futbol maydoni chetida qarovsiz qoldirilgan narxi 5.000.000 soʻmlik “iPhone 11pro max” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.Sh sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati