Fargʻona shahrida “ogʻufurush” qoʻlga olindi
Fargʻona shahar. 2023-yilning 14-fevral kuni shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Q.R Quvasoy koʻchasida joylashgan ustaxona oldida 300.000 soʻm evaziga 10 dona “Tramadol lannaxer” nomli kuchli ta’sir qiluvchi giyoxvandlik moddasiga oʻxshash dori vositasini sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati