Qoʻqon shahrida “ogʻufurush qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahar. 2023-yilning 31-may kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Turon koʻchasida I.F 500.000 soʻm evaziga gashish giyohvandlik moddasini sotayotganligi aniqlanib, daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati