22 Oktyabr 2022 yil 439

Fargʻona shahrida “Matiz” avtomashinasini olib qochgan shaxs qoʻlga olindi

Fargʻona shahar.18-oktabr kuni voyaga yetmagan S.J A.Qodiriy koʻchasidagi koʻp qavatli uylar yonida turgan Yu.D ismli ayolga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinasini olib qochib, I.Karimov xalqa yoʻlida toʻsib ushlanib, daliliy ashyo tariqasida tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FМB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech