Fargʻona shahrida klinikadan telefon apparatini oʻgʻirlagan qiz aniqlandi
Fargʻona shahar. T.S ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 26 yanvar kuni nomaʼlum shaxs shahar markazida joylashgan xususiy klinikasidagi shifokorlar uchun moʻljalangan xonada boʻlgan narxi 2.500.000 soʻmlik “Samsung A 01 CORE” rusumli telfon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan U.M ismli qiz sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati