12 Yanvar 2022 yil 563

Fargʼona shahrida kissavurlikka qoʼl urgan ayolga jinoyat ishi qoʼzgʼatildi

Fargʼona shahri. 06 yanvar kuni K.K ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 02 yanvarь kuni nomaʼlum shaxs shahar markazida qatnovchi “Damas” rusumli avtomashinada choʼntagida boʼlgan narxi 1.500.000 soʼmlik “ORRO” rusumli telefon apparatini kissavurlik yoʼli bilan yashirin ravishda oʼgʼirlab ketganini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (kissavurlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni А.S sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʼz mol-mulkingiz, pul mablagʼlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʼgʼirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʼshgan boʼlasiz.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech