1 Iyul 2022 yil 557

Fargʻona shahrida giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Fargʻona shahar. 26-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV SHXBB Fargʻona viloyati boʻyicha xodimlarining tezkor ma’lumotiga asosan shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Joʻydam mahalla hududida yashovchi Q.B.ning yashash xonadoni xolislar ishtrokida koʻzdan kechirilganda, yashash xonadoni yertoʻlasidan 15 dona sariq rangli qogʻoz oʻramda hamda 1 dona sigaret qutisida “marixuana” giyohvandlik moddari saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech