1 Avgust 2022 yil 389

Fargʻona shahrida dorixonaga oʻgʻirlikka tushgan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar. Fuqaro M.A IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 13-iyun kunidan 14-iyun kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Yangi asr koʻchasida joylashgan dorixonasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, dorixonadan jami narhi 1.700 AQSH dollarlik 2 dona noutbuk, kuzatuv kamera xotirasi va 400.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni M.B sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech