4 Sentyabr 2021 yil
456
Fargʻona shahrida bezorilik jinoyatini sodir etib, tergovdan yashiringan shaxs ushlandi
03.09.2021-yil kuni Fargʻona viloyati IIB YXXB 1-mintaqaviy hudud 1-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismida (bezorilik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona viloyati IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Q.J.ni Fargʻona shahar hududida qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati