27 Sentyabr 2021 yil 496

Fargʻona shahrida 300 AQSH dollarini ayriboshlashga kelishib aytilgan summani bermagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Fargʻona shahri. 20-sentabr kuni fuqaro Yu.X IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 24-avgust kuni noma’lum shaxs shahar markazida ishonchiga kirib, aldov yoʻli bilan 300 AQSH dollarini 3.200.000 soʻmga ayriboshlashga kelishib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan 2.600.000 soʻm pullarni berib qolgan 600.000 soʻm pullarni qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlmi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni D.X sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech