27 Sentyabr 2021 yil 564

Fargʻona shahrida 2 nafar shaxsga uskuna sotgan fuqaro pullariga aldandi

Fargʻona shahri. 2021-yilning 19-sentabr kuni fuqaro Oʻ.I IIBga murojaat qilib, unda 2019-yil dekabr oyida ikki nafar noma’lum shaxslar oʻziga tegishli boʻlgan Quruvchilar koʻchasida joylashgan ishlab chiqarish sexidan unga tegishli boʻlgan maydalagich uskunasini pullarini bir kun ichida olib kelib berishini aytib, 11.600 AQSH dollariga kelishib sotib olishib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan uskuna apparatini olib ketib yuborishganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.B sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech