2 Oktyabr 2021 yil 394

Fargʻona shahrida ayolning xonadoniga oʻgʻirlikka tushgan shaxs qamoqqa olindi

Fargʻona shahri. 11-aprel kuni Neftchilar koʻchasida yashovchi M.K ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon derazasi tokchasida boʻlgan narxi 3.000.000 soʻmlik “Самсунг Ж 4” rusmli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.M sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech