16 Avgust 2022 yil
462
Fargʻona shahar profilaktika inspektorlari qidiruvdagi shaxsni qoʻlga olishdi
Fargʻona viloyati birinchi mintaqaviy hudud Fargʻona shahri boʻyicha IIO FMB 4-son IIB HPG xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan M.X.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati