17 Mart 2022 yil
400
Fargʻona shahar IIO FMB xodimlari qidiruvdagi shaxsni qoʻlga olishdi
16-mart kuni Fargʻona shahar IIO FMB xodimlari Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida (giyohvandlik moddalarini saqlash) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan A.Q.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati