28 Sentyabr 2021 yil
431
Fargʻona shahar IIO FMB xodimlari qidiruvdagi ayolni qoʻlga olishdi
27-sentabr kuni Fargʻona shahar IIO FMB xodimlari Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismida (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan I.D ismli ayolni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati