21 Aprel 2022 yil
440
Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi xodimlari qidiruvdagi shaxsni qoʻlga olishdi
20-aprel kuni Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan R.Sh.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati