12 Dekabr 2022 yil
417
Fargʻona shahrida qidiruvdagi shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona viloyati PPXvaJTSB 2-Mintaqaviy hudud 2-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Dangʻara tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan S.M.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati