2 Fevral 2020 yil 976

Faxriylar hamisha eʼtiborda

Fargʼona viloyati IIOlari tizimida ham oʼtgan davr mobaynida oʼziga xos boy tajriba, uztoz-shogird maktabi yaratilgan. Tizimning uzoq va yaqin tarixida fidoiy xodimlar xalq osoyishtaligi va tinchligi yoʼlida tunu-kun mehnat qilishgan.

Isteʼfodagi mayor Xashimova Nistan Аbdukadirovna ham ana shunday insonlardan biri. U 27 yildan ziyod viloyat IIB va uning hududiy boʼlimlarida xizmat qildi. Boy tajribasini hamkasblari, shogirdlari bilan baham koʼrdi.

 72 yoshni qarshilagan onaxonning tavallud ayyomi arafasida viloyat IIB boshligʼi polkovnik Doniyor Baxtiyarovich  boshchiligidagi bir guruh soha xodimlari Qoʼqon shahridagi Nistan Xashimova xonadonida boʼldilar. Tugʼilgan kun sohibiga  samimiy tilaklar bitilgan tabriknoma hamda estalik sovgʼalari topshirildi.

Oʼzaro suhbatlarda Nistan Xashimova oʼtmish va bugungi yangilanishlar,  erishilayotgan muvaffaqiyatlarni taqqoslab, IIOlari hodimlarga yaratib berilayotgan hozirgi imkoniyatlarga havas koʼzi bilan qarashini eʼtirof etdi. Faxriylarning hamisha eʼtibor va eʼtirofda ekanligidan mamnunligini bildirdi.


 Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech