3 Avgust 2023 yil 1905

DIQQAT, ELON!

Joriy yilning 15-avgust kuni IIV Fargʻona akademik litseyida 2023/2024-oʻquv yili uchun quyidagi fanlardan malakali pedagoglarni ishga qabul qilish uchun tanlov oʻtkaziladi.

1. Tarix fani oʻqituvchisi – 1 nafar (oʻzbek va rus guruhlari uchun)
2. Ingliz tili fani oʻqituvchisi – 1 nafar (oʻzbek va rus guruhlari uchun, chet tilini bilish darajasi sertifikatiga ega boʻlgan boʻlishi kerak)
3. Ikkinchi xorijiy til fani oʻqituvchisi – 1 nafar (oʻzbek va rus guruhlari uchun, fransuz, nemis, ispan, koreys, urdu, arab, xitoy tillari hamda chet tilini bilish darajasi sertifikatiga ega boʻlishi kerak)
4. Kimyo fani oʻqituvchisi – 1 nafar (oʻzbek va rus guruhlari uchun)
5. Biologiya fani oʻqituvchisi – 1 nafar (oʻzbek va rus guruhlari uchun)
6. Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi – 1 nafar (oʻzbek va rus guruhlari uchun)
7. Informatika va axborot texnologiyalari fani oʻqituvchisi – 1 nafar (oʻzbek va rus guruhlari uchun)
8. Huquqiy fanlar fani oʻqituvchisi – 1 nafar (oʻzbek va rus guruhlari uchun)

Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyul kunidagi 466-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va ixtisoslashgan maktab-internatiga pedagog-xodimlarni ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari asosida oʻtkaziladi

Manzilimiz: Fargʻona shahri, Fargʻona koʻchasi, 20 a-uy

Moʻljal: Fargʻona shahar prokuraturasi yonida

Murojaat uchun tel efon +99890160-14-15

 

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech