2 Iyun 2023 yil 13218

Diqqat e`lon!

Farg‘ona viloyati Ichki ishlar organlari tarkibida profilaktika inspektori lavozimlariga ishga kirish istagini bildirgan yoshi o‘ttiz yoshdan katta bo‘lmagan, Respublika oliy ta’lim muassasalarini tamomlab, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, nomzodning bo‘yi 165 sm.dan past bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi harbiy xizmatni o‘tagan yoki oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikni o‘tgan (zaxiradagi ofitser), Farg‘ona viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turuvchi fuqarolar tanlov asosida ishga qabul qiladi.


Ishga kirish istagini bildirgan fuqarolar 2023 yil 3 iyun kunidan 2023 yil 10 iyun kunigacha soat 09-00dan 17-00ga qadar Farg‘ona viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mas’ul xodimlariga murojaat qilishlari mumkinligi ma’lum qilinadi.


Qabul va tanlov shartlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni viloyat IIBning (https://t.me/faruvd) telegram kanalidan olishingiz mumkin.

Eslatma: Nomzodlar o‘zlari bilan “biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi” (nusxasi bilan), “harbiy guvoxnomasi”, Diplomlarini hamda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yhatga olingan joyidan belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida ma’lumotnoma (bo‘yining balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda) olib kelishlari talab etiladi! 


Manzil: Farg‘ona shahar, Alisher Navoiy ko‘chasi 13-uy.
Ma’lumot uchun telefon: (73) 244-15-56

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech