11 Mart 2020 yil 722

Dehqon bozorida ayol kishi zargarlik buyumlarni olib qochdi

  Fargʼona. 2020 yilning 09 mart kuni soat 09:00 da Furkat tumani  Navbahor shaharchasi hududidagi  dehqon bozorida 35 yoshli А.D., 29 yoshli G.B.ga nisbatan kuch ishlatish bilan qoʼrqitib, umumiy qiymati 9.072.000 soʼmlik qimmatbaho zargarlik buyumlarini olib hodisa joyidan yashiringan.
  Mazkur holat yuzasidan Furkat tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. А.D. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

  
                               Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech