13 Yanvar 2023 yil 385

Buvayda tumanida xonadonida “ogʻu” saqlagan shaxs fosh boʻldi

Buvayda tumani. 2023-yilning 10-yanvar kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Yu.I.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yotoqxonasida 35 tup “Koʻknor somoni” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi oʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech