Buvayda tumanida sartaroshxona oldida qarovsiz qoldirilgan velosipedni oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi
Buvayda tumani. 12-oktabr kuni fuqaro Oʻ.X IIBga murojaat qilib, unda 11-oktabr kuni noma’lum shaxs Oltioʻgʻil qishlogʻi hududida joylashgan sartaroshxona oldida qarovsiz qoldirgan narxi 1.600.000 soʻmlik velosipedini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.D sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati