Buvayda tumanida “gashish” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Buvayda tumanida 18-fevral kuni tuman IIB xodimlari tomonidan Jaloyer MFY hududida yashovchi Oʻ.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, Oʻ.A.ni egnida boʻlgan jinsi shimini choʻntagidan
“gashish” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati