Boysunda to'ydagi janjal muhokama qilindi
Joriy yilning 8 yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hokimligining majlislar zalida tumandagi barcha tashkilot, korxonalar, o'zini-o'zi boshqarish organlari hamda "Darband" mahalla fuqarolari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Tashkil qilingan mazkur yig'ilishda, Surxondaryo viloyati IIB boshlig'ining o'rinbosari podpolkovnik M.M.Mamatmusaev, Surxondaryo viloyati IIB HPB boshlig'i mayor A.A.Xudoyberdiev, Boysun tuman IIB boshlig'i podpolkovnik E.A.Nurullaev, tuman IIB boshlig'ining o'rinbosarlari O'.Raxmonov va Z.Raxmonov, tuman xokimi o'rinbosari A.Normamatov, xotin-qizlar qo'mitasi, tibbiyot birlashmasi, mahalla jamoat fondi, xalq ta'limi bo'limi, Bandlikka ko'maklashish, majburiy ijro byurosi, oila markazi, kadastr, FHDYO, DSI, Imom xatiblar va ularning xodimlari hamda Boysun tuman Temirdarvoza mahallasi xududida sodir etilgan "og'ir tan jarohati" jinoyat yuzasidan gumon qilinuvchi va Jabirlanuvchilarning yaqin qarindoshlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Kun tartibiga qo'yilgan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.03.2017 yil 14 mart kunidagi "huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2833-sonli qarori bo'yicha tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, Boysun tuman "Temirdarvoza" mahallasi xududida sodir etilgan "og'ir tan jarohati" jinoyatining sabablari va bunga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokamasi hamda 2019 yilning 14 sentyabr kunidagi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi Kengashlarining "to'y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazilishini tartibga solish tizimini takomillashtirish to'g'risida"gi qo'shma qarorining ijrosini ta'minlash masalalari Ko'rildi.
Yig'ilishda sodir etilgan jinoyatlarni tuman hududida barcha korxona va tashkilotlar jinoyatchilik va huquqbuzarliklar bo'yicha mas'ul ekanliklari o'zlariga yuklatilgan vazifalarni to'liq ijrosini ta'minlashlari, shuningdek hozirgi kunda aksariyat jinoyatlarni yoshlar tomonidan sodir etilayotganligi, har bir jinoyatning sabablari va bunga imkon bergan shart-sharoitlarni o'rganib, sodir etilishini oldini olish choralarini ko'rish lozimligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan organ va idoralar rahbarlarining har oy yakuni bo'yicha muhokamalarni tashkil qilishni, muhokamalarda ayblanuvchining qarindoshlarini ishtirokini ta'minlagan holda ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish, bunda interaktiv uslublardan (prezentasiya, foto va videolavhalar) unumli foydalanish, ichki ishlar organlari hisobida turgan shaxslar kelgusida takroran jinoyat sodir etilishiga olib kelishi mumkin bo'lgan muammolarni aniqlab, ularni ishga joylashtirish, moddiy va ijtimoiy yordam ko'rsatilishi bilan bog'liq muammolarni aniqlash va o'z vaqtida bartaraf etish yuzasidan birma-bir mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish lozimligi haqida so'z yuritildi.
Shuningdek yig'ilish kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan ham ma'lumotlar berilib o'tildi.
Jumladan, 2020 yil 4 yanvar kuni Boysun tumani "Darband" mahallasida yashovchi fuqaro Qorjovov Jafar mahalla hududida joylashgan "Darband" to'yxonasida bezorilik qilib, mahalladoshi Sa'diev Abulfayz bilan o'zaro tortishib janjalashib qolib, janjal vaqtida J.Qorjovov A.Sadievning orqa o'ng tomon kurgininng pastki qismiga bir marotaba yonida bo'lgan pichoq (chopqi) bilan urib tan jaroxati etkazganligi natijasida, A.Sa'diev tan jaroxati bilan Boysun tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Ushbu holat yuzasidan Qorjovov Jafarga nisbatan 05.01.2020 yilning 5 yanvar kunida Boysun tuman IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi "e" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotganligi haqida so'z yuritildi.
Mazkur jinoyatning kelib chiqish sabablari hamda unga imkon bergan shart-sharoitlar tahlili bo'yicha fikr yuritilib, unda mahalla faollari bilan hamkorlikda doimiy ravishda nizolashib kelayotgan oilalarni aniqlab, ularning ro'yxatlarini shakllantirish, ishsizlar tomonidan qasddan engil tan jarohati etkazish jinoyatlari sodir etilishini oldini olish, ularning bandligini ta'minlash borasidagi ishlarni jadallashtirishni, davlat organlari, korxona, tashkilot va boshqa muassasalarda mavjud bo'lgan bo'sh ish o'rinlarini to'liq ro'yxatini shakllantirish, har hafta mahalla fuqarolar yig'inlarida bandlikka ko'maklashish markazlari tomonidan mehnat yarmarkalari o'tkazish choralarini ko'rish, mehnat yarmarkalari orqali ishga joylashtirilgan shaxslarni haqiqatda ishlayotganligini, mehnat sharoitlari yaratilganligini va ishga kirishib ketganligini o'rganib borish, ularning huquqiy muammolari hal etilishiga ko'maklashish zarurligi ta'kidlandi.
Mazkur yig'ilishda, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi Kengashlarining "to'y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazilishini tartibga solish tizimini takomillashtirish to'g'risida"gi qo'shma qarorning ijrosini ta'minlash borasida, tadbir o'tadigan joyda, to'y-hashamlarni o'tkazish tadbiridan kamida bir hafta oldin shu hududdagi mahalla fuqarolar yig'ini va hududiy profilaktika inspektorini xabardor qilishlarini, tadbir o'tkazuvchi shaxs bilan to'yxona o'rtasida shartnoma tuzilishi shartligi, tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, ichki ishlar bo'limi, tuman davlat soliq va FHDYO organlari oilaviy tadbirlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o'tkazilishi ustidan ta'sirchan nazoratni amalga oshirib borishini inobatga olgan holda, konunbuzarlik aniqlangan holatda konunda belgilangan javobgarlikka tortilishi to'g'risida ishtirok etayotgan to'yxonalar egalari ogohlantirildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2019 yilning 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuv o'tkazganligini, uchrashuvda yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik o'sib borayotganligini, afsuski, nafaqat uyushmagan yoshlar, balki kollej va maktab o'quvchilari orasida ham jinoyatlarni sezilarli darajada kamaytirish ta'minlanmayotganligi bo'yicha tanqidiy fikrlar va mulohazalar bildirildi. Yig'ilish ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollar bo'yicha kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati