13 Avgust 2022 yil 539

Beshariqda profilaktika inspektorlari gumonlanuvchini oʻgʻirlik ustida qoʻlga olishdi

12-avgust kuni tungi soat 02-00 lar atrofida Beshariq tumani IIB JXX XPB profilaktika inspektori tumanning Fayzabod MFYda joylashgan kompyuter vositalari va telefon apparatlari sotishga moʻljallangan savdo doʻkoniga noma’lum shaxs oynani sindirish yoʻli bilan kirib, oʻgʻirlik jinoyatini sodir etayotganligini aniqlab, voqea joyiga zudlik bilan PPX xodimlari chaqirishgan. Olib borilgan tezkor tadbir natijasida gumonlanuvchi voqea joyida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech