11 Iyul 2022 yil 501

Beshariq tumanida “marixuana” saqlagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Beshariq tumani.2022-yilning 05-iyun kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Boʻston mahalla hududida E.S.ni yashash xonadoni xolislar ishtrokida koʻzdan kechirilganda, xonadoni kirish darvozasi chap tarafidagi baland tokcha ustida 1 dona qogʻoz oʻramda “marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech