4 May 2022 yil
626
Beshariq tumani IIB probatsiya xizmati xodimlari qidiruvdagi shaxsni qo'lga olishdi
03 may kuni Beshariq tumani IIB probatsiya xizmati xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida (o'g'irlik) ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruv e'lon qilingan T.Sh.ni qo'lga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma'lumotga ega bo'lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo'limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta'minlanadi.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati