10 Yanvar 2020 yil 563

Bayram arafasidagi e'tibor

"14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Xorazm viloyati IIB va uning sohaviy xizmatlari tomonidan turli madaniy-ma'rifiy va ijtimoiy yo'naltirilgan tadbirlar o'tkazilmoqda.

Ichki ishlar boshqarmasi PPX va JTSB rahbariyati sohada uzoq yillar samarali mehnat qilib pensiya chiqqan faxriylar, hamda halok bo'lgan xizmatdoshlarining oilalariga bayram munosabati bilan tashrif buyurdilar. Ularga viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan ajratilgan bayram sovg'alari topshirildi.

Vatan himoyasi yo'lida fidokorona xizmat qilgan ichki ishlar organlarining faxriylarini qadrlash, xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo'lgan xodimlarning xotirasini abadiylashtirish, ularni e'zozlash bilan bog'liq chora-tadbirlar ancha ijobiy tomonga o'zgargan desak mubolag'a bo'lmaydi.

Xorazm viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech