Furqat tumanida tungi xizmatda amalga oshirilgan profilaktik ishlar
Tezkor-kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash hamda huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan tadbirlar bo‘yicha tungi xizmatga jalb qilingan xodimlarga tuman IIB boshlig‘i tomonidan yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Probatsiya hisobida turgan 8 nafar shaxslarni, o‘rnatilgan cheklovlarga rioya etish holatlari tekshirilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Tadbir davomida jami 31 ta ob’ektlar ya’ni 13 ta umumiy ovqatlanish shoxobchalari va ko‘ngilochar joylar, 6 ta ta’lim muassasalari, 4 ta korxona, tashkilot va muassasalardagi tungi navbatchilik ahvoli tekshirildi.
Tungi vaqtlarda bemaqsad yurgan 51 nafar shaxslar aniqlanib, ularning shaxsiga aniqlik kiritildi.
Fuqarolarning qarovsiz qoldirilgan mulklarini muhofazaga olish bo‘yicha ishlar olib borildi.
Fuqarolarga nisbatan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun 10 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati