8 Iyun 2024 yil 14925

General-mayor Azizbek Ikromov Yozyovon tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Xalq bilan muloqotni yanada mustahkamlash, fuqarolarning muammo va murojaatlariga yechim topish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda boshqarma boshlig‘iga 11 nafar fuqarolardan turli masalalarda murojaatlar qilindi.

Mavjud masalalardan 4 tasi joyida ijobiy hal etildi, 2 tasi yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berildi.

Ko‘rib chiqish uchun muddat talab etilgan 5 ta murojaat ijrosi nazoratga olinib mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech