Xalq deputatlari viloyat Kengashining to‘rtinchi sessiyasida viloyat IIB boshlig‘i, generel-mayor Azizbek Ikramov hisobot berdi
Bugun Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya
ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari, viloyat Kengashi
deputatlari, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimining tegishli
o‘rinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Kun
tartibiga ko‘ra, viloyatimizda
huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati,
shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida 2024 yilda amalga
oshirilgan ishlar tahlili hamda joriy yilda ko‘riladigan ta’sirchan
chora-tadbirlar yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i generel-mayor
Azizbek Ikramovning hisoboti eshitildi.
Hisobotda qayd etilganidek, yil davomida
jinoyatlarni jilovlash va jamoat xavfsizligini ishonchli ta’minlash “Xavfsiz
hudud”, “Ahil oila”, “Tig‘”, “Xavfsiz
shahar, osoyishta mahalla” kabi 10 dan ortiq tezkor-profilaktik tadbirlar,
aholi o‘rtasida 47 mingdan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Viloyat
hududida 326 mingta huquqbuzarlik holatlari aniqlanib qonuniy chora ko‘rildi.44
ming 689 nafar shaxslar profilaktik hisobga olinib, ular bilan individual ish
tashkil etildi.
Ish va
yashash joyi noaniq bo‘lgan 65 nafar shaxslar reabilitatsiya markaziga, 50
nafar voyaga yetmaganlar ijtimoiy va huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga
joylashtirildi.
Tegishli
idoralar bilan birga xotin-qizlar jinoyatini oldini olish maqsadida, 67 ming
337 ta oilalar o‘rganib chiqildi. Jinoyat
sodir etishga moyil ayollar bilan 37 mingdan ortiq profilaktik suhbatlar
o‘tkazildi.
Tazyiq va
zo‘ravonlik holatlarini oldini olish maqsadida 4 ming 397 nafar xotin-qizlarga
“Himoya orderi” berildi, 905 nafar xotin-qizlar tuzalish dasturiga
yo‘naltirildi.
Shuningdek,
sessiyada boshqarma boshlig‘i deputatlarning mavzuga oid savollariga ham javob
qaytardi.
Viloyat IIB Axborot xizmati.