21 Aprel 2025 yil 711

Viloyat IIB boshlig‘i tomonidan fuqarolar uchun boshqarma binosida navbatdagi qabul o‘tkazildi

Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida kundalik mehnat faoliyat bilan band bo‘lgan aholiga qulaylik yaratish, ularning Ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Azizbek Ikramov tomonidan bugun qabullar o‘tkazildi.

Qabul davomida 53 ta fuqarolardan turli masalalarda jami 55 ta murojaatlar kelib tushdi. Ulardan 16 tasi joyida  ijobiy hal etildi. 12 ta murojaat yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berildi. Ko‘rib chiqish talab etilgan 27 ta murojaatning ijrosi nazoratga olindi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech