18 Yanvar 2025 yil
2304
Viloyat IIB boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov fuqarolar uchun navbatdagi qabul o‘tkazdi
Xabaringiz bor, viloyat IIB rahbariyati tomonidan reja-jadval asosida fuqarolar uchun doimiy ravishda qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Boshqarma boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi qabul davomida 34 nafar fuqarolarning turli masalalardagi 36 ta murojaatlari qabul qilindi.
Har bir murojaat atroflicha va sinchkovlik bilan o‘rganilib, ulardan 13 tasi joyida ijobiy hal etildi. 8 nafar murojaatchilarga huquqiy maslahatlar berildi.
Qolgan murojaatlarning ijrosi vaqt talab qilganligi sababli muddatlar belgilanib, tegishli mas’ul rahbar tomonidan nazoratga olindi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati