24 Noyabr 2023 yil
1901
Uchkoʻprik tumani IIB JXX HPB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori tomonidan ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda “Dolzarb 40 kunlik” doirasida keng koʻlamli tadbiri oʻtkazilmoqda
Xususan, tadbir davomida toifadagi shaxslar bilan kelgusida qayta jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida yakka tartibdagi profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, notinch va nizoli oilalar bilan ishlab, ularni yarashtirish choralarini koʻrish, ma’naviy muhitni sogʻlomlashtirish, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish choralarini koʻrish, alohida nazoratga olingan shaxslar bilan tizimli ishlarni tashkil etish kabi vazifalar jadal olib borilmoqda.