Toshloq tumanida yoshlar ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Ma’lumki, o‘sib kelayotgan yosh avlodni to‘g‘ri tarbiyalash, ularni yod g‘oya va illatlar ta’siridan himoya qilish, jinoyat va huquqbuzarlik sodir qilishiga yo‘l qo‘ymaslik, mustahkam kelajak va taraqqiyotni belgilaydi.
Ana shu maqsadda joylarda targ‘ibot tadbirlariga keng o‘rin berilmoqda. Jumladan, Toshloq tumani IIB hamda tuman prokuraturasi rahbariyati ishtirokida o‘g‘il-qizlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Tadbirda jinoyat va huquqbuzarlik sodir qilishning oqibatlari, jinoyatga javobgarlik muqarrar ekanligi ularga yetkazildi.
Shuningdek, giyohvandlik bilan bog‘liq noqonuniy harakatlarni sodir qilmaslik, mazkur yo‘nalishda o‘tkazilayotgan oylikda faol ishtirok etishga, bunday illatlardan himoya qilishda targ‘ibotchi bo‘lishga chorlandi.
Bu kabi tadbirlar joylarda davom etmoqda.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati